AsosiySport

Xoldorov va Xalakov finalga yo`l oldi

'Xoldorov va Xalakov finalga yo`l oldi'ning rasmi

Ayni kunlarda Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida boks bo`yicha “Gubernator kubogi” turniri hal qiluvchi pallaga kirdi. Kecha musobaqa doirasida yarim final janglari o`tkazilib, 3 nafar bokschimiz final yo`llanmasi uchun ringga ko`tarilishdi.

Kutilganidek, mazkur janglarda Abdumalik Xalakov hamda Iqboljon Xoldorov final yo`llanmasini qo`lga kiritishdi. Afsuski, Kozimbek Mardonov mezbon bokschiga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo`ydi. Batafsil:

-56 kg: Abdumalik Xalakov – Nazir Balaev (Rossiya) 3:2
-69 kg: Iqboljon Xoldorov – Andrey Kirichenko (Rossiya) 5:0
-81 kg: Kozimbek Mardonov – Rishat Bakirov (Rossiya) 2:3

    Boshqa yangiliklar