AsosiySport

Farg`onada sambo bo`yicha mamlakat birinchiligi start oldi

'Farg`onada sambo bo`yicha mamlakat birinchiligi start oldi'ning rasmi

Farg`onada sambo bo`yicha yana bir musobaqa boshlandi. Farg`ona shahridagi Olimpiya zahiralari maktab internati mezbonlik qilayotgan musobaqada o`smirlar va faxriylar o`zaro bahs olib borishmoqda.

Ayniqsa, o`smirlar o`rtasidagi bellashuvlar ko`pchilikning diqqat-markazida bo`lib turibdi. Undagi har bir vazn toifasida Respublikamizning barcha hududlaridan ishtirokchilar ro`yxatdan o`tgani bellashuvlarning qanchalik qizg`in kechishidan dalolat bermoqda.

Ta`kidlash joiz, mazkur musobaqani o`tkazishdan asosiy maqsad sambo sportini Respublika bo`ylab ommalashtirish va o`smirlar terma jamoasiga munosib nomzodlarni saralab olishdir. Musobaqa 12 mayga qadar davom etadi.

    Boshqa yangiliklar