Toshkentda badiiy gimnastika va trampolin bo`yicha oliy o`quv yurtiga yo`llanma beruvchi chempionatlar yakunlandi.
Badiiy gimnastika bo`yicha ko`pkurash bahslarida Diyora Burhonxo`jaeva (Toshkent) birinchi o`rinni qo`lga kiritdi. Shuningdek, musobaqada samarqandlik Maftuna Quvondiqova hamda nukuslik Dilafruz Solieva shohsupaga ko`tarildi.
Alohida predmetlar bo`yicha o`tgan bellashuvlarning xalqada mashq bajarish bahslarida D.Burhonxo`jaeva, koptokda D.Ashurova, bulavada D.Solieva, tasmada M.Quvondiqova g`alaba qozondi.
Trampolin bo`yicha o`tgan bellashuvlarda Bobur Ahmadaliev, Diyora Sayfiddinova, sinxron yo`nalishida Maxsud Sobirov va Bunyod Yo`ldoshev tandemi g`alaba qozondi. Ayollar o`rtasida esa Kimyo Mamajonova hamda Zulfizar O`lmasboeva juftligi g`olib bo`ldi.
Akrobatika yo`lakchasida sakrashda Mashrab Nazaraliev va Sabina Xudoeva shohsupaning eng yuqori pog`onasidan joy oldi.