Chechenistonda yoqilg`i quyish shahobchasida gaz to`la sisterna portlab ketdi, deya xabar qilmoqda Ren.tv nashri.
Portlash Nojay-Yurt qishlog`idagi yoqilg`i quyish shahobchasida sodir bo`lgan. Portlash oqibatida hech kim jabrlanmagan.
Ma`lum qilinishicha, aholi turar-joylari AYoQShdan 400-500 metr narida joylashgan.
Yong`in darhol bartaraf etilgan.






