AsosiySport

Bilolbek Mirzarahimov Xabarovskda shohsupaga ko`tarildi

'Bilolbek Mirzarahimov Xabarovskda shohsupaga ko`tarildi'ning rasmi

Xabarovskda boks bo`yicha Konstantin Korotkov xotirasiga bag`ishlangan xalqaro turnir yakuniga etib bormoqda.

Hozirgina -69 kg vazn toifasida musobaqada ishtirok etgan bokschimiz Bilolbek Mirzarahimov rossiyalik Ivan Stupinga qarshi final jangini yakunladi. Bokschimiz jang davomida to`liq ustunlikka erishdi. Uchinchi raundga kelib ketma-ket o`tkazib yuborilgan zarbalar evaziga rossiyalik bokschi jarohat oldi va jang to`xtatildi. Yakunda Bilolbek g`alaba qozonib, musobaqa oltin medaliga ega chiqdi.

Eslatib o`tamiz, avvalroq -52 kg vaznli bokschimiz Abrorjon Qodirov oltin medalga ega chiqqandi.

Birozdan so`ng +91 kg vazn toifasda yana bir yurtdoshimiz Lazizbek Mullajonov final jangini o`tkazadi.

    Boshqa yangiliklar