AsosiySport

Silva va Aguero juftligi APL tarixiga kirdi

'Silva va Aguero juftligi APL tarixiga kirdi'ning rasmi

"Manchester Siti" ayni damda APLning so`nggi 38-turi doirasida safarda "Brayton"ga qarshi bahs olib bormoqda. Birinchi bo`limdan so`ng hisob 1:2 “shaharliklar foydasiga.

“Siti”ning o`yindagi birinchi goli David Silvaning Serxio Agueroga amalga oshirgan uzatmasidan so`ng kiritildi. E`tiborlisi, bu argentinalik futbolchining joriy mavsum premer-liga doirasida ispaniyalik jamoadoshining pasidan so`ng kiritgan 18-gol bo`ldi.

Opta Joe nashri tarqatgan xabarga ko`ra Silva-Aguero juftligi sermaxsullik borasida APL tarixida faqatgina Anderton-Sheringem (20), Makmanaman-Fauler (20) va Lempard-Drogba (24) juftliklaridan keyingi natijani qayd etdi.

Eslatib o`tamiz, agar “Manchester Siti” bugungi bahsda g`alaba qozonsa, qatorasiga ikkinchi mavsum chempionlikni qo`lga kiritadi.

    Boshqa yangiliklar