AsosiySport

​APLda yana bir rekord

'​APLda yana bir rekord'ning rasmi

Angliya Premer-ligasining bu yilgi mavsumida kiritilgan gollari soni bo`yicha rekord o`rnatildi.

Mavsum davomida bo`lib o`tgan 380 bahsda darvozalar jami 1072 bor ishg`ol etildi. Bundan oldingi eng yaxshi ko`rsatkich 2011/12 yilgi mavsumda qayd etilgan edi. O`shanda ligadagi 20 jamoa mavsum davomida 1066 ta to`p kiritishgan.

Joriy yilgi mavsumda eng sermahsul jamoa "Manchester Siti" bo`ldi. Xosep Gvardiola shogirdlari 38 bellashuvda raqiblar darvozasiga 95 ta to`p kiritishdi. "Liverpul" esa 89 ta gol kiritdi.


    Boshqa yangiliklar