O`zbekiston davlat konservatoriyasida “Sport oyligi” doirasida professor-o`qituvchilar, xodimlar va talaba-yoshlar o`rtasida turli musobaqalar tashkil qilindi. “Biz sog`lom turmush tarafdorimiz” shiori ostida o`tkazilayotgan “Sport oyligi”da sportning mini futbol, stol tennisi, shaxmat va shashka yo`nalishlari bo`yicha bellashuvlar bo`lib o`tdi.
“Sport oyligi” musobaqalari barchada katta qiziqish uyg`otdi va ushbu sport tadbirlarida faol ishtirok etishga chorladi.