AsosiySport

Taekvondochilarimiz JChga yo`l oldi

'Taekvondochilarimiz JChga yo`l oldi'ning rasmi

Shu yilning 15-19 may kunlari Angliyaning Manchester shahrida taekvondo bo`yicha navbatdagi jahon chempionati bo`lib o`tadi. Ushbu musobaqa kelgusi yil Yaponiyaning Tokio shahrida o`tkaziladigan navbatdagi yozgi Olimpiya o`yinlariga eng ko`p reyting ochkolarini taqdim etuvchi turnir sanaladi. Shu bois unda jahonning yuzdan ortiq mamlakatidan eng kuchli taekvondo ustalari ishtirok etishi kutilmoqda.

Bugun terma jamoamiz a`zolari Angliyaga jo`nab ketdi. Mamlakatimiz delegasiyasi Toshkent-Istambul-Manchester yo`nalishi bo`yicha parvoz qiladi.

Bir kun avval terma jamoamiz a`zolarini O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov qabul qilgan hamda jahon chempionatida g`olib chiqqan sportchilar 30 000 AQSh dollarida mukofot bilan taqdirlanishini bildirgandi.

Eslatib o`tamiz, ayni paytda o`zbekistonlik ikki sportchi, ya`ni Denis Istomin (tennis) hamda Olga Zabelinskaya (velosport) Tokio-2020 olimpiadasiga yo`llanmani naqd qilgan.

    Boshqa yangiliklar