Bayer kompaniyasi sudga tortildi

Dunyo 15.05.2019, 11:26
Bayer kompaniyasi sudga tortildi

Kaliforniya sudi gerbisid o`simligi sabab saratonga chalinish holati yuzasidan Bayer kimyoviy kompaniyasiga katta miqdorda kompensasiya to`lash majburiyatini qo`ydi, deya xabar qildi Rambler nashri.

Gap shundaki, 2 nafar amerikalik Roundup gerbisidi vositasidan foydalanishi oqibatida saratonga chalingani yuzasidan sudga shikoyat qilgan. Avval ular Roundup’ni ishlab chiqaruvchi Monsanto kompaniyasi ustidan sudga arz qilishgan. Bayer esa Monsanto ni 2018 yilda sotib olgan. Sud xulosasiga ko`ra, kompaniyalar mahsulot tarkibini atayin yashirishga urinishgan. Shunday qilib, Bayer jabrlangan tomonga 2 mlrd. dollardan ko`proq kompensasiya to`lab beradigan bo`ldi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1