1

Facebook auditoriyasi o`sishdan to`xtatdi

Hi-tech 27.11.2014, 09:43
Facebook auditoriyasi o`sishdan to`xtatdi

Global Web Index tashkiloti yirik ijtimoiy tarmoqlarda auditoriyaning o`sib borishi bo`yicha olib borgan tadqiqoti natijalarini ma`lum qildi, deya xabar bermoqda vesti.ru.

Ma`lumotlar shuni ko`rsatmoqdaki, Facebook auditoriya to`plash imkoniyatiga ega emas. Ko`rinishidan, ushbu tarmoqda turg`unlik davri boshlangan.

Facebook avvalgidek 1.35 milliardan ko`proq foydalanuvchi bilan jahonda etakchi bo`lib qolmoqda. Biroq Mark Sukerberg yaratgan ijtimoiy tarmoq auditoriya yig`ish bo`yicha eng yuqori nuqtasiga chiqqanga o`xshaydi, chunki o`sish borasida u ancha ortda qolmoqda.

Masalan, Tumblrdan foydalanuvchilar soni yil davomida 120 foizga oshgan, Facebookda esa bu ko`rsatkich 2 foizni tashkil etmoqda. Ro`yxatdan o`tgan foydalanuvchilar soni Pinterestda 57 foizga o`sgan bo`lsa, Facebookda 6 foiz. Instagram, LinkedIn, Twitter, YouTube va hattoki Google+ ham Facebookka qaraganda tez o`smoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1