E`lon qilingan ma`lumotlarga ko`ra, O`zbekistonda ayollar soni deyarli erkaklar soni bilan bir xil. Biroq shaharlarda ayollar erkaklardan ko`proq, qishloqlarda esa aksincha, erkaklar ko`pchilikni tashkil etadi. O`rtacha olib qaralganda, ayollar erkaklarga qaraganda 5 yil ko`proq yashaydi va jami jinoyatlarning 17 foizi ularning hissasiga to`g`ri keladi, deb yozmoqda podrobno.uz.
Ularning ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi ishtirok xususida bunday deb bo`lmaydi. Masalan, ta`lim yo`nalishida ham nomutanosiblik kuzatiladi. raqamlarga ko`ra, oliy o`quv yurtlariga o`qishga kirgan 258.4 ming talabaning 36.5 foizini ayollar tashkil etadi. Ayolar ko`proq ijtimoiy fanlarni o`rganishmoqda. Bu ko`rsatkich 50 foizga 60 foiz bo`lsa, texnik yo`nalishdagi talabalarning 18-19 foizinigina qizlar tashkil etadi.
Sog`liqni saqlash, sport, ta`lim va san`at sohalarida 70 foiz xodimlar ayollardan tashkil topgan. Boshqacha qilib aytganda, shifokor, o`qituvchi va san`at faoliyatini “ayollarga oid kasb” yoki “ayollar ishi” deb atash mumkin.
Bundan tashqari nomutanosiblik davlat boshqaruv sohasida ham kuzatilmoqda. Davlat boshqaruvi organlarida bu ko`rsatkich 27 foizdan oshmaydi, mahalliy organlarda esa 19 foiz. Ta`kilash kerakki, hokimlar orasida ayol kishi yo`q.