Bugun yangi mobil operatori UMS o`zining O`zbekistondagi faoliyatini rasman boshlamoqda. UZ24 muxbiri kompaniyaning bosh ofisida bo`lib, u erga yig`ilgan odamlarni, bir-birini urib-surib, ichkariga intilayotganlarni suratga oldi.
1. MTS, yangi nomi UMSning ochilishi O`zbekistonda sabrsizlik bilan kutishdi, buni bilamiz, ammo ofis ichkarisiga kirish uchun bunchalik bo`lishini bilmagandik.

2. UMSga abonent bo`lishdan tashqari kompaniya ofisi oldiga bu jarayonlarni suratga olish uchun to`planganlar ham ko`p bo`ldi.

3. Odamlarning asosiini erkaklar tashkil etdi, ammo ojiz jins vakillari ham bor edi.

4. Mana bu rasmda hali ofis ochiq emasligi ko`rinib turibdi, ammo e`lon qilingan. Hamma kutmoqda.

5. Keksayib qolgan ayollar ham ochilishni kutishdi.

6. Mana bu erda esa ofis eshiklari ochildi va boshlandi: baqir-chaqir, janjal, ur-yiqit va olomon.





