O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning taklifiga binoan Germaniya Federativ Respublikasi Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer 27 may kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.


Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.

Tashrif doirasidagi asosiy tadbirlar 28 may kuni “Ko`ksaroy” qarorgohida bo`lib o`tadi. Tor va keng doiradagi muzokaralarda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, moliyaviy-texnik va madaniy-gumanitar hamkorlikni, shuningdek, O`zbekiston – Evropa Ittifoqi formati doirasidagi aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokamasi kutilmoqda.
Shuningdek, Germaniya Federal prezidenti ishbilarmon doiralar va jamoatchilik vakillari bilan uchrashishi va boshqa tadbirlarda qatnashishi rejalashtirilgan.
Frank-Valter Shtaynmayer 29 may kuni Xorazm viloyatida bo`ladi.









