AsosiySiyosat

Ohangarondagi «Building innovation» yiliga 3 million dollarlik mahsulotni eksport qiladi

'Ohangarondagi «Building innovation» yiliga 3 million dollarlik mahsulotni eksport qiladi'ning rasmi

Davlatimiz rahbarining tashrifi arafasida Ohangaron tumanida «Building innovation» korxonasi qurib bitkazildi. Germaniya, Avstriya, Gresiya, Ispaniya va Yaponiyadan keltirilgan zamonaviy uskunalar o`rnatildi.

Korxona yiliga 112 million donadan ziyod pardozbop g`isht ishlab chiqarish, 3 million dollarlik eksport qilish quvvatiga ega. Energiya tejaydigan uskunalar qo`llanilgani, xomashyo tumanning o`zidan olinishi tufayli mahsulot narxi nisbatan arzon bo`ladi. 250 nafar aholi ish bilan ta`minlanadi.

Korxona mahsulot hajmi va sifati bo`yicha Markaziy Osiyoda etakchilikka da`vogarlik qilmoqda. Keyingi bosqichda keramik bloklar, panellar ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Prezidentimiz korxona quvvatlari, mahsulot namunalarini ko`zdan kechirdi. Korxona rahbariga qurilish materiallari turlarini ko`paytirish yuzasidan tavsiyalar berdi.

Shu erda Toshkent viloyatida qurilish va to`qimachilik sanoatini rivojlantirish, charmni qayta ishlashga doir loyihalar taqdimoti o`tkazildi.

Rossiyaning «Evrosement grup» xoldingi bilan hamkorlikda Ohangaron sement zavodida amalga oshiriladigan loyiha shulardan biri. Qiymati 160 million dollarlik mazkur loyiha yiliga 17 million dollarlik mahsulot ekport qilish, 200 ta ish o`rni yaratish imkonini beradi.


    Boshqa yangiliklar