Toshkent viloyati faollari bilan yig`ilishda davlatimiz rahbari «Mehr» operasiyasiga ham to`xtalib o`tdi.
- Mana, 156 nafar yurtdoshimizni Yaqin Sharqda urush bo`layotgan joydan olib keldik. Xo`sh, ular nima uchun ketgan? Ahvolimiz harob bo`lgani uchun, sharoit bo`lmagani uchun ketgan. Lekin u erda nima bo`ldi? Xotin-qizlarimizni sotishdi, beshta bola beshta otadan, 14 yoshli qiz tuqqan. Shu holat bizga yarashadimi?
Ularni Vatanga olib kelish juda qiyin bo`ldi. Qancha davlatlar bilan gaplashdik. Samolyotni u yoqqa qo`ndirish, terroristlarni qo`lidan olib chiqish oson emas. Lekin qaytardik - nima bo`lgandayam ular bizning vatandoshimiz. Endi nima qilish kerak? Nuroniylar, jamoatchilik qayoqqa qarayapti? Kim buni tushuntiradi? Bunday narsalar hammamizni o`ylantirishi, qiynashi kerak, - dedi Prezident.






