Prezident Shavkat Mirziyoev Toshkent viloyati iqtisodiyotini rivojlantirish, yangi korxonalar va ish o`rinlari yaratish bo`yicha dolzarb vazifalarni belgilab berdi.
2019-2020 yillar uchun umumiy qiymati 39 trillion 833 milliard so`m (4,7 milliard dollar) bo`lgan 784 ta investisiya loyihasidan iborat yangi hududiy dastur shakllantirilgani qayd etildi. Ularning 15 tasi davlat ahamiyatiga ega yirik loyiha bo`lsa, 769 tasi xususiy biznes va investorlar ishtirokida amalga oshiriladi.
Ro`yxatdan o`tgan kichik biznes sub`ektlarining 17 foizi ishlamayotgani, Angren shahri va Chinoz tumanida bu ko`rsatkich 30-33 foizni tashkil etishi tanqid qilindi. Ularning faoliyatini tiklash, o`z biznesini boshlamoqchi bo`lgan oilalarga «Har bir oila – tadbirkor» dasturi doirasida joriy yilda 350 milliard so`m imtiyozli kreditlar ajratish bo`yicha topshiriq berildi. Talab bo`lsa, yana qo`shimcha mablag` ajratiladi.
- Nima uchun oilaviy tadbirkorlik, uylarda parrandachilik, chorvachilik, tomorqachilik bo`lsin deyapmiz. Odamlarning daromadi oshishi, to`lov qobiliyati yuqori bo`lishi kerak, - dedi davlatimiz rahbari.







