Davlatimiz rahbari Toshkent viloyatidagi ijtimoiy va kommunal sohalarga oid masalalarga alohida e`tibor qaratdi.
- Viloyatda aholining 64 foizi markazlashgan ichimlik suvi bilan ta`minlangani jiddiy muammo. Amalda bu ko`rsatkich 40-50 foiz darajasida. Bo`ka, Quyichirchiq, O`rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlari va Nurafshon shahrida 30 foizga ham bormaydi. Sizlar kabinetda qanday o`tirasizlar? - dedi Shavkat Mirziyoev.
Bu muammoni hal etish maqsadida joriy yilda 440 kilometr ichimlik suvi tarmoqlari va 301 ta suv inshootida qurilish-ta`mirlash ishlari bajarilishi rejalashtirilgan. Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi qiymati 144 million dollarlik loyihaning birinchi bosqichi doirasida qurilish ishlari boshlangan.

- Viloyatda dolzarb bo`lgan yana bir muammo ekologiya bilan bog`liq. Toshkent shahridagi maishiy chiqindilar tashlanadigan Ohangaron tumanidagi poligon 98 foizga to`lgan. Shuning uchun bu poligonni yopib, yangisini qurish kerak. Bu ekologiya tozaligi, aholi salomatligi uchun muhim masala, - dedi davlatimiz rahbari.
Umumiy o`rta ta`lim va sog`liqni saqlash tizimlari, ichki yo`llar bilan bog`liq muammolarni ham tezkor hal qilish bo`yicha topshiriqlar berildi






