1

Shavkat Mirziyoev va Sooronbay Jeenbekov hamkorlik masalalarini muhokama qildilar

Siyosat 13.06.2019, 17:45
Shavkat Mirziyoev va Sooronbay Jeenbekov hamkorlik masalalarini muhokama qildilar

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Bishkek shahrida Qirg`iziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan uchrashdi.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Qirg`iziston Prezidentini Shanxay hamkorlik tashkilotidagi muvaffaqiyatli raisligi bilan tabriklab, ko`rsatilayotgan samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi.

Prezidentlar mamlakatlarimiz o`rtasidagi do`stlik va strategik sheriklik munosabatlari tobora mustahkamlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar.

O`zaro savdo hajmi izchil ortmoqda, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida kooperasiya yo`lga qo`yilmoqda, madaniy-gumanitar almashinuv kengaymoqda.

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikka doir va mintaqaviy ahamiyatga ega masalalar ko`rib chiqildi.

Tomonlar ko`p qirrali sheriklikni kengaytirishga qaratilgan birgalikdagi sa`y-harakatlarni faollashtirishga kelishib oldilar.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1