1

ShHTning Bishkek sammiti ishtirokchilari uchun konsert bo`lib o`tdi

Siyosat 14.06.2019, 08:03
ShHTning Bishkek sammiti ishtirokchilari uchun konsert bo`lib o`tdi

Qirg`iziston milliy filarmoniyasida, an`anaga muvofiq, Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti ishtirokchilari uchun konsert namoyish etildi.

Tadbirda ShHTga a`zo va kuzatuvchi maqomidagi davlatlar rahbarlari ishtirok etdi.

Madaniyat va san`at xalqlarni yaqinlashtiradigan, o`zaro anglashuv va do`stlik rishtalarini mustahkamlaydigan muhim vositadir. Bu Shanxay hamkorlik tashkilotining maqsadlariga hamohang.

Mehmonlar e`tiboriga mintaqa xalqlari san`atining eng sara namunalari havola etildi. Jumladan, o`zbekcha kuy-qo`shiqlar olqishlar bilan kutib olindi.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1