Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisidan so`ng hujjatlarni imzolash marosimi bo`ldi.
Bishkek deklarasiyasi qabul qilindi. A`zo mamlakatlar o`rtasida turli sohalardagi sheriklikni rivojlantirish, ShHTning boshqa xalqaro tuzilmalar bilan hamkorligiga doir 22 ta hujjat imzolandi.

O`zbekiston Prezidentining taklifiga muvofiq ShHTga a`zo mamlakatlarning raqamlashtirish va axborot-kommunikasiya texnologiyalari sohasidagi hamkorligi konsepsiyasi hamda Hududlararo hamkorlikni rivojlantirish dasturi qabul qilindi.

Shanxay hamkorlik tashkilotiga 2019-2020 yillar davrida raislik Rossiya Federasiyasiga o`tdi.















