1

Toyota Yaponiya va Xitoyda 190 ming mashinani qaytarib olmoqda

Hi-tech 04.12.2014, 15:43
Toyota Yaponiya va Xitoyda 190 ming mashinani qaytarib olmoqda

Toyota Motor Corp. Takata Corp. tomonidan ishlab chiqarilgan xavfsizlik yostiqchalaridagi nosozlik tufayli Yaponiya va Xitoyda 190 mingta mashinasini qaytarib oladi, deya xabar bermoqda MarketWatch.
Kompaniyaning qayd etishicha, bu 2002 yilning sentyabridan 2003 yilning dekabriga qadar ishlab chiqarilgan avtomobillarga tegishli.

Yaponiya transport vazirligining ko`rsatmasiga binoan, boshqa ishlab chiqaruvchilar ham ko`rsatilgan muddatda o`sha yostiqchalardan foydalanganligini tekshirib chiqmoqda. Bundan tushunish mumkinki, boshqa yapon kompaniyalari ham o`z mashinalarini qaytarishlari mumkin.

Toyota 185 mingta mashinani Yaponiyadan, 5 mingtasini esa Xitoyda qaytarib olmoqda.

Kompaniya keltirilgan mashinalarda xavfsizlik yostiqchalarning havo purkagichlarini almashtirishni rejalashtirmoqda.

Oxirgi 6 yil ichida jahonning 11 avtomobil ishlab chiqaruvchisi, jumladan Toyota, Honda va Chryslerlar Takata tomonidan tayyorlangan xavfsizlik yostiqchalari o`rnatilgan  taxminan 17 million dona mashinani qaytarib olishgan. Yostiqchalarning nosozligi kamida besh kishining hayotiga zomin bo`lgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1