1

Rossiyada internet uchun soliq to`lanishi mumkin

Hi-tech 05.12.2014, 10:58
Rossiyada internet uchun soliq to`lanishi mumkin

Rossiyada har bir internet-foydalanuvchidan yiliga 300 rubl miqdorida shu yo`nalish huquq egasi foydasiga soliq to`plash kiritilishi mumkin, deya ma`lumot berdi Rossiya huquq egalari ittifoqi bosh direktori Sergey Fedotov.

"Shunday tarif modeli taklif etilmoqda: agar siz internetga ulangan bo`lsangiz, u holda sizning mobil telefon yoki stasionar kabelli inernet uchun har oy 25 rubl qo`shiladi. Jami bir yilda 300 rubl. Ayni paytdagi statistik ma`lumotga ko`ra, bu internet uchun bitta nuqta xarajatlarining taxminan 5 foizini tashkil etadi. Hozir bunday xarajatlar yiligi 6 ming rublni tashkil qilmoqda”, - deya xabar bermoqda TASS Fedotovga asoslanib. U gap abononet to`lovi emas, balki internetdan foydalanuvchi ikki marta to`lovni amalga oshirishi haqida ketayotganligiga aniqlik kiritdi.

RHIning taxminicha, har yili bu orqali abonentlardan 860 million dollar yig`iladi. Bu mablag` huquq egalari o`rtasida bo`linadi. "Biz ushbu mablag` Rossiya raqamli bozorida faoliyat ko`rsatuvchi huquq egalarining barcha xarajatlarini qoplaydi. Gap kino, musiqa va adabiyot haqida ketmoqda”, - deydi Fedotov.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1