1

Noyob Kongress-xoll har qanday formatdagi yirik anjumanlarni qabul qiladi

Siyosat 25.06.2019, 12:13
Noyob Kongress-xoll har qanday formatdagi yirik anjumanlarni qabul qiladi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 25 iyun kuni Tashkent City qurilish maydoniga tashrif buyurdi.

Mazkur xalqaro biznes markazi sakkizta lotga ajratilgan holda barpo etilmoqda. Shu paytgacha 7 million kub metr tuproq ishlari bajarilib, ellikdan ziyod binoga mustahkam poydevor yaratildi. Bugungi kunda beton karkaslar va devorlar qurish, muhandislik tarmoqlari tortish ishlari olib borilmoqda.

Kongress-xoll va Hilton mehmonxonasi qurilayotgan 5-lot eng ilg`or maydonlardan biri. Ushbu binolarda temir-beton, metall konstruksiya va tom yopish ishlari yakunlangan bo`lib, qurilish hajmining sakson foizdan ziyodi bitgan. Hozirda elektr tarmoqlarini montaj qilish, ichki pardozlash va mexanika ishlari bajarilmoqda.

Davlatimiz rahbariga avvalgi tashrif chog`idagi ko`rsatmalarning ijrosi haqida ma`lumot berildi. Jumladan, ulkan kongress-xollda barcha formatdagi xalqaro tadbirlar tashkil etish uchun zamonaviy sharoitlar yaratilmoqda. Bu erda sammitlar, ular doirasida ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralarni yuqori darajada o`tkazish mumkin bo`ladi. Katta delegasiyalar vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari, xizmat ko`rsatuvchilar uchun zarur qulayliklar yaratiladi.

Prezident kongress-xollga tutash qurilgan 21 qavatli, besh yulduzli Hilton mehmonxonasini ham kirib ko`rdi. Shu erda mahalliy va xorijiy investorlar bilan suhbatlashdi.

Davlatimiz rahbari kongress-xoll va mehmonxonada yuqori darajada xizmat ko`rsatishni yo`lga qo`yib, muntazam daromad topishni ta`minlash, hududda barpo etiladigan istirohat bog`ida yurtdoshlarimiz va turistlar uchun keng sharoitlar yaratish bo`yicha ko`rsatmalar berdi.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1