AsosiySiyosat

"Hayot simfoniyasi" – O`zbekiston Prezidenti bugun 62 yoshga to`ldi

'"Hayot simfoniyasi" – O`zbekiston Prezidenti bugun 62 yoshga to`ldi'ning rasmi

Prezident matbuot xizmati davlat rahbarining tug`ilgan kuniga bag`ishlab videolavha tayyorladi.

http://movie.darakchi.uz/video/8916

Shavkat Miromonovich Mirziyoev 1957 yil 24 iyulda Jizzax viloyatining Zomin tumanida shifokor oilasida tug`ilgan. Millati – o`zbek. Oliy ma`lumotli, 1981 yili Toshkent irrigasiya va qishloq xo`jaligini mexanizasiyalash muhandislari institutini tugatgan. Muhandis-mexanik mutaxassisligiga ega. Texnika fanlari nomzodi, dosent.

Mehnat faoliyatini 1981 yilda Toshkent irrigasiya va qishloq xo`jaligini mexanizasiyalash muhandislari institutida boshlab, kichik ilmiy xodim, katta o`qituvchi, dosent, o`quv ishlari bo`yicha prorektor lavozimlarida ishladi.

1990 yili Respublika Oliy Soveti deputatligiga saylanib, ayni vaqtda Mandat komissiyasining raisi sifatida ham faoliyat ko`rsatdi.

1992 yilda Toshkent shahrining Mirzo Ulug`bek tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. 1996-2001 yillarda Jizzax viloyati hokimi, 2001-2003 yillar mobaynida Samarqand viloyati hokimi lavozimlarida ishlab, mazkur tuman va viloyatlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirishga katta hissa qo`shdi.

Ijro hokimiyatidagi faoliyati bilan bir paytda 1995-2003 yillarda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputati sifatida ham mamlakatni siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda demokratik islohotlarni amalga oshirish borasidagi muhim qonun hujjatlarini ishlab chiqish va qabul qilish jarayonida faol ishtirok etib, samarali faoliyat olib bordi.

Sh.M.Mirziyoev 2003 yilda O`zbekiston Respublikasining Bosh vaziri etib tasdiqlandi va ushbu lavozimga yana uch marta – 2005, 2010, 2015 yillarda Oliy Majlis palatalari tomonidan qayta tasdiqlandi.

2016 yil 8 sentyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo`shma majlisida parlament palatalarining qo`shma qaroriga muvofiq O`zbekiston Respublikasi Prezidentining vazifa va vakolatlarini bajarish vaqtincha O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoev zimmasiga yuklandi.

19 oktyabr kuni Toshkentda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O`zbekiston Liberal-demokratik partiyasining VIII s`ezdi bo`lib o`tdi. Unda partiya siyosiy kengashi a`zosi Shavkat Miromonovich Mirziyoev nomzodini Prezidentlikka tasdiqlash to`g`risidagi qaror qabul qilindi. 2016 yil 4 dekabr kuni bo`lib o`tgan Prezident saylovi yakunlari bo`yicha saylovchilarning 88,61 foiz ovozi bilan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi. 2016 yil 14 dekabrda rasman o`z vazifasini bajarishga kirishdi.

Sh.M.Mirziyoev oilali, ikki qiz, bir o`g`li, besh nafar nabirasi bor. Rafiqasi Z.M. Mirziyoeva – mutaxassisligi bo`yicha muhandis-iqtisodchi.

Sh.M.Mirziyoev davlat va boshqaruv organlaridagi ko`p yillik samarali mehnati, yurtimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligini yuksaltirish ishiga ulkan hissa qo`shgani uchun «Mehnat shuhrati» va «Fidokorona xizmatlari uchun» ordenlari bilan taqdirlangan.

    Boshqa yangiliklar