Tavallud kunim munosabati bilan chin dildan tabriklab, samimiy qutlov va ezgu tilaklarini yo`llagan davlat va hukumat rahbarlari, xorijiy siyosat va jamoat arboblari, xalqaro tashkilotlar rahbarlari, ishbilarmon doiralar vakillari, yurtimizdagi mahallalar va mehnat jamoalari, turli kasb egalari bo`lgan barcha vatandoshlarimizga chuqur minnatdorlik izhor etaman.
Mening sha`nimga bildirilgan bu iliq tabrik va tilaklarni, avvalo, ko`pmillatli O`zbekiston xalqi va davlatiga yuksak ehtirom ifodasi, mamlakatimizning dunyo miqyosida ortib borayotgan obro`-e`tibori va nufuzining yana bir e`tirofi sifatida qabul qilaman.
Fursatdan foydalanib, mehnatkash, mard va olijanob xalqimizga chin yurakdan o`zimning cheksiz mehr-muhabbatimni va hurmatimni bildiraman.
Biz xalqimiz bilan birgalikda jonajon O`zbekistonimiz ravnaqi va el-yurtimiz farovonligiga erishish bo`yicha oldimizga qo`ygan ulkan va sharafli maqsadlarga albatta etamiz, deb ishonaman.
Shavkat Mirziyoev,
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti






