Prezident Shavkat Mirziyoev Samarqand xalqaro aeroportining o`zidayoq mazkur bandargohni rivojlantirishga oid loyiha bilan tanishdi. Xususan, bu erda yana bir terminal qurish, uchish-qo`nish yo`lagini rekonstruksiya qilish, samolyotlar turargohini kengaytirish, radiolokasiya tizimlarini takomillashtirish rejalashtirilgan. Yangi aerovokzal esa barcha xalqaro talablarga javob beradigan, soatiga 600 yo`lovchiga xizmat ko`rsatadigan bo`ladi.

Davlatimiz rahbari zamonaviy boshqaruvni joriy qilish, rekonstruksiya mobaynida esa poezd va avtobuslar qatnovini ko`paytirish, aholi va turistlarga muqobil qulayliklar yaratish bo`yicha ko`rsatmalar berdi.









