1

Yaponiyada magnit levitasiyada tezyurar poezdlar uchun dunyodagi eng uzun liniya qurilishi boshlandi

Hi-tech 17.12.2014, 17:34
Yaponiyada magnit levitasiyada tezyurar poezdlar uchun dunyodagi eng uzun liniya qurilishi boshlandi

Yaponiyada magnit yostig`i (levitasiya)da tezyurar poezdlar uchun dunyodagi eng uzun liniya qurilishi boshlandi. Liniya 2027 yilda Tokio va Xonsyu yapon orolining markaziy qismidagi katta shahar Nagoyani bog`laydi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar berdi.

Qurilish ishlari ikkita yakuniy terminal, Nagoyaning markaziy vokzali va Tokiodagi Sinagava bekatini barpo etish uchun tayyorgarlik ko`rishdan boshlandi.

Yaponiyadagi magnit levitasiyaning eng so`nggi modeli o`rtacha 500 km / soat tezlikda harakat qilish hamda 40 daqiqa ichida Tokio va Nagoyani kezib chiqish imkoniga ega bo`ladi. Hozirgi "Sinkansen"  tezyurar poezdi ham xuddi shunday tezlikda harakat qiladi, biroq u bir soatu 18 daqiqa sarflaydi.

Tokio va Nagoya o`rtasidagi magnit levitasiya uchun tarmoqlar qurish JR Tokai kompaniyasi operatorlariga 5,5 trillion ien (45,8 mlrd. AQSh dollari)ga tushadi. Kelajakda, 2047 yilda liniya Yaponiyaning uchinchi yirik shahri Osakagacha uzaytiriladi. Natijada uning umumiy uzunligi 515 kilometrga etadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1