1

“Vikipediya” birinchi marta yil yakunlarini e`lon qildi

Hi-tech 18.12.2014, 18:00
“Vikipediya” birinchi marta yil yakunlarini e`lon qildi

“Vikipediya” birinchi marta o`z faoliyati bo`yicha yil yakunlarini o`zining Wikimedia Foundation kanalida joylashtirgan videorolik orqali e`lon qildi, dtya xabar bermoqda lenta.ru. Rolik 17 dekabr kuni paydo bo`lgan.

Videorolikdan 2014 yilning eng muhim voqea va hodisalariga bag`ishlangan matnlardan parchalar, rasmlar hamda tasvirlar o`rin olgan.

“Vikipediya”da o`tib borayotgan yilga oid juda ko`p yangiliklar, xususan “Sochi-2014”, Shotlandiyadagi saylovlar, Hindistondagi parlament saylovlari, Ice Bucket Challenge virus kompaniyasi hamda g`arbiy Afrikadagi Ebola haqida maqolalar e`lon qilingan va tahrir etilgan.

Yil davomida jami 100 milliondan ortiq maqolalar tahrir qilingan.

Avvalroq, Twitter, Google, Facebook va “Yandeks” kabi internet kompaniyalari ham yil yakunlarini e`lon qilgan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1