25

Xiva “Raqs sehri” xalqaro festivali mehmonlarini qarshi oldi (Foto)

Madaniyat 15.09.2019, 13:43
Теглар: Foto
1450
Xiva “Raqs sehri” xalqaro festivali mehmonlarini qarshi oldi (Foto)

14 – 16 sentyabr kunlari Xiva shahridagi “Ichan-qal`a” davlat muzey-qo`riqxonasida O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi, Xorazm viloyati hokimligi va boshqa tashkilotlar hamkorligida “Raqs sehri” xalqaro festivali bo`lib o`tmoqda. Tadbirda yurtimizning turli hududlari va qator xorijiy davlatlardan Xiva shahriga tashrif buyurgan san`atkorlar badiiy chiqishlari bilan ishtirok etishadi. Milliy raqs san`atimizni dunyoga targ`ib qilish, mamlakatimizda turizmni yanada rivojlantirish maqsadida tashkil qilingan festivalga joriy yil har safargidan-da puxta tayyorgarlik ko`rildi.


Joriy yilda “Raqs sehri” festivalida Angliya, Italiya, Fransiya, Gollandiya, Rossiya, Kuvayt, Malayziya, Hindiston, Xitoy, Indoneziya, Polsha, Gruziya, Ozarbayjon, Qozog`iston, Turkmaniston, Tojikiston kabi 20 ga yaqin xorijiy davlatdan 100 ga yaqin raqs guruhlari qatnashadi. Ushbu xalqaro festivalda shuningdek Gruziya davlat akademik xalq ashula va raqs ansamblining "Rustavi" raqs guruhi ham ishtirok etishi kutilmoqda. "Rustavi" raqs jamoasi dunyoning 80 dan ortiq mamlakatiga tashrif buyurgan (ba`zi mamlakatlarda bir necha marta), 5000 dan ortiq konsertda ishtirok etgan va tomoshabinlar olqishiga sazovor bo`lgan.


Ansambl repertuarida ko`plab an`anaviy gruzin raqslari mavjud. Bundan tashqari ishtirokchilar orasida ozarbayjonlik taniqli raqqosa, xoreograf va aktrisa Oksana Rasulova ham bor. Ozarbayjonning Shabran shahrida tug`ilgan Oksana hind mumtoz raqslarini ijro qiladi. Asosan “Bharatanatyam” raqs uslubini sevib ijro etadi. 1999-2005 yillar davomida turli raqs tanlovlarining g`olibi bo`lgan. Oksana Rasulova o`zining qiziqarli raqs dasturlari bilan ko`plab mamlakatlarni aylanib chiqqan. Oksananing raqslari Youtube kanali orqali millionlab folloverlar tomonidan tomosha qilingan. Bugun, 14 sentyabr kuni Xiva temir yo`l vokzalida festival ishtirokchilarini tantanali kutib olish marosimi bo`lib o`tdi. Mehmonlar orasida Polsha, Gruziya, Hindiston, Ozarboyjon, Tojikiston, Qozog`iston kabi mamlakatlardan 30 dan ziyod raqqos va raqqosalar, raqs dastalari tashrif buyurdi. Shu bilan birga, respublikamizning turli hududlaridan 50 ga yaqin raqs jamoalari kutib olindi. “Raqs sehri” festivalining rasmiy ochilish marosimi 15 sentyabr kuni Xiva shahridagi “Ichan-qal`a” davlat muzey-qo`riqxonasi hududida bo`lib o`tadi.


Шарҳлар

Sirdaryodan maxsus reportaj: Xalq artistlari xalq xizmatiga keldi… (Foto)

23.05.2020, 12:43

Bugun ko`ngillarni obod qilaman degan har kimning yo`li Sirdaryo viloyatiga tutashishi aniq. Texnogen ofat chin ma`noda butun millatni oyoqqa turg`izdi, bir tan-u bir jon bo`lishga...
Prezident Sardobada: 1480 xonadondan iborat 37 ta uyning poydevoriga tamal toshi qo`yildi (Foto)

15.05.2020, 14:27

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 15 may kuni Sirdaryo viloyatiga keldi.Ma`lumki, joriy yil 1 may kuni Sardoba suv ombori to`g`onining bir qismi o`pirilib, yondosh tumanlardagi...
Shimoli-g`arbiy harbiy okrug harbiylari sirdaryoliklarga yordam berishni boshladi (Foto)

05.05.2020, 12:22

3 may kuni Shimoli-g`arbiy harbiy okrugdan 300 nafardan ortiq harbiy xizmatchilar hamda 20 ga yaqin harbiy va maxsus texnika Sirdaryo viloyatining Sardoba suv omborida sodir...
Qashqadaryoda fotoqopqonga tushgan qor qoplonining suratlari e`lon qilindi

29.04.2020, 12:46

Qashqadaryo viloyati Hisor davlat qo`riqxonasiga  o`rnatilgan fotoqopqonga qor qoplonining noyob kadrlari tushib qoldi.Qor qoploni O`zbekistonning yuqori qor tizmalarida yashovchi jonivor bo`lib, sayyoradagi hayvonot olamining kamyob turlaridan biri...