AsosiyDunyo

Turkiyada terakt: 7 kishi halok bo`ldi, 10 kishi jarohatlangan

'Turkiyada terakt: 7 kishi halok bo`ldi, 10 kishi jarohatlangan'ning rasmi

Turkiyaning Diyorbakir viloyatida joylashgan Kulp tumanining qishloq hududida Kurdiston ishchi partiyasi jangarilari o`tin yig`ishga ketayotgan odamlar to`la avtomobilni portlatib yubordi. Oqibatda 7 kishi halok bo`lgan, 10 kishi jarohat olgan, deyiladi «Regnum» xabarida.

«Anadolu Ajansı» agentligi xabariga ko`ra, portlashdan oldin voqea joyida tuman hokimligiga qarashli mashinani ko`rishgan. Turkiya xavfsizlik kuchlari xodimlari o`tkazgan amaliyot chog`i Xalqlar demokratik partiyasi mahalliy bo`linmasi rahbari hamda Kulp hokimligi ilmiy bo`limi boshlig`i qo`lga olingan. Portlatishga bevosita aloqador shaxslar qidirilmoqda.

Tergov aniqlashicha, terrorchilar masofadan ishga tushiriluvchi portlovchi qurilmadan foydalanishgan. Portlash joyida diametri 1,5 metrlik chuqur hosil bo`lgan. Jangarilar ko`proq odamning qonini to`kish uchun oldinda ketayotgan yog`och ortilgan traktorni atayin o`tkazib yuborishgani aytilmoqda.

    Boshqa yangiliklar