AsosiyDunyo

Britaniyalik sayyoh 7 kun ichida dunyoning 7 mo``jizasini ko`rishga muvaffaq bo`ldi

'Britaniyalik sayyoh 7 kun ichida dunyoning 7 mo``jizasini ko`rishga muvaffaq bo`ldi 'ning rasmi

Britaniyalik sayyoh va video-bloger Saymon Uilson 6 kun 9 soat va 3 daqiqa ichida 50 ming kmga yaqin masofani uchib o`tib, dunyoning 7 mo``jizasini ko`rishga muvaffaq bo`ldi. Bu haqda The Sun nashri xabar berdi. U o`zi bilan sayohatga ikkita futbolka, ich kiyim, sport shimi va fotoqurilma solingan kichik sumkanigina olgan.

Saymon shu kunlar ichida bor-yo`g`i 2 marta – mehmonxona va g`orda tunashga muvaffaq bo`lgan. Qolgan vaqt u taksi, samolyotda dam olishga harakat qilgan, aviakompaniyalar taklif qilgan taomlarni egan.

Saymonning sayohati yakshanba kuni soat 4:45da Manchester aeroportidan boshlangan. U bu erdan Kolizeyni ko`rgani Rimga uchgan. U Rimda 2 soatcha bo`lib, so`ngra Misrga uchgan. U 5 soatcha mehmonxonada bo`lib, taksi olib, ehromlar va Sfinksni ko`rgani yo`l olgan.

So`ngra Iordaniyaga uchib, u erda 46 evroga g`orda bo`lishga muvaffaq bo`lgan va Petraga yo`l olgan.

Saymon sayohatining 4-kuni Hindistonga yo`l olgan. U erda Agradagi Toj-Mahal maqbarasigacha taksida 4 soat yo`l bosgan. Sayyoh maqbarada bir soatcha bo`lib, so`ngra Pekinga Buyuk Xitoy devorini ko`rish uchun jo`nagan.

6-kuni u Meksikaga mayya hindularining qadimiy shahri Chichen-Isani ko`rgani uchgan. Saymon u erdan Rio-de-Janeyrodagi Iso Masih haykalini ko`rgani jo`nab, so`ngra yana vataniga qaytgan.

“Men agar buni qilib ko`rmaganimda, bunday sayohatni amalga oshirish mumkinligini bilmagan bo`lardim. Mana, buni qila olganimga ishondim”, dedi Saymon.

Misrdagi Xeops ehromi bizning kungacha saqlanib qolgan dunyoning 7 mo``jizasidan biri hisoblanadi. Kolizey, Petra, Toj-Mahal, Buyuk Xitoy devori, Chichen-Isa, Iso Masih haykali Perudagi Machu-Pikchu qadimiy shahri bilan birga dunyoning 7 mo``jizasi sirasiga kiradi.

    Boshqa yangiliklar