1

Etakchilikka erishishning 5 usuli

SUG'DIYONA 22.12.2014, 15:28
Etakchilikka erishishning 5 usuli

Olimlarning aniqlashlaricha etakchilikka erishgan ayollar bu mavqega erishish uchun shaxsiy hayotiy rejalardan foydalanishar ekan. Yaqinda AQShdagi Center for Creative Leadership (CCL) tashkiloti 60 nafar etakchi ayollar o`rtasida “etakchilikka erishish sirlari” mavzusidagi so`rovnomani o`tkazdi. So`rovnomada 26 yoshdan 58 yoshgacha bo`lgan ayollar qatnashishdi. Ayollarimizning bayrami munosabati bilan e`tiboringizga etakchi ayollar tomonidan tavsiya qilingan etakchi bo`lishning 5 usuli haqida ma`lumot beramiz.

Etakchi bo`lish aslida nima? Rahbarlik lavozimida faoliyat yuritayotgan har qanday ayol uchun omad va etakchilik ko`plab to`siqlarni engib o`tishga yordam beruvchi yo`ldir. Albatta, etakchi bo`lish qiyin. Buning uchun insonda iste`dod va imkoniyatdan tashqari kuchli istak ham bo`lishi kerak. “Etakchilik” so`zining negizida katta va murakkab, jismoniy va aqliy mehnat yotadi. Tadqiqotlardan shu narsa ma`lum bo`ldiki, etakchilikka erishgan ayollar asosan 5 ta narsaga katta ahamiyat qaratishar ekan. Bular:

Faol harakat;

Qanday bo`lsang shundayligingcha qol;

Atrofingdagilar bilan aloqa o`rnata olish mahorati;

Kishining o`zi haqidagi fikri;

Maqsadga intilish;

Ikki yil mobaynida o`tkazilgan ushbu tadqiqot mobaynida ayollarning qarashlari, fikrlari o`rganilib, endigina etakchilikka erishayotgan ayollarga foyda keltirishi va ularning mehnatini yuzaga chiqarish uchun as qotishi maqsadida omma e`tiboriga ana shu 5 usul havola qilindi. Keling endilikda sanab o`tilgan ana 5 usul haqida alohida to`htalib o`tamiz.

Faol harakat

Kareraga erishish yo`lidagi barcha qiyinchiliklarni o`z bo`yningizga olgan holda, o`zingizga ishdagi barcha vazifalarni bajarish, ham ishdagi rahbarlikni ham oilani ham hayotni bir maromda olib borishga harakat qilasiz. O`z taqdiringizga boshqalar emas, o`zingiz “xo`jayin” ekaningizni unutmasligingiz lozim. Faol harakat deganda o`z oldingizga qo`ygan maqsadloaringizning ham yo`nalishi, vaqti va kerakli nuqtasi bo`ilish lozimligini tan olishni tushunish mumkin. Ishdan tashqari holatlarda ham ishingizga bevosita aloqasi bo`lgan shartnomalar, takliflar va g`oyalarni ko`rib chiqishingizga, ular bilan qiziqishingizga to`g`ri keladi. To`laqonli ravishda o`zingizga tegishli bo`lgan barcha imkoniyatlardan to`g`ri va vaqtida foydalana bilish faol harakatning asosini tashkil etadi.

Qanday bo`lsang shundayligingcha qol

Har qanday inson garchi kuchli prinsiplarga amal qilsada o`zligini saqlay bilishi, qanday bo`lsa shundayligicha qola bilishi shart. Odatda ko`pchilik ayollar o`zlariga keragidan ortiq baho berib yuborishadi. Shu sabab kishining o`zligini asray bilishi ham qiyin ham muhim.

Atrofingdagilar bilan aloqa o`rnata olish mahorati

O`zaro aloqalar ayol uchun muhim. Oiladagi munosabatlar, do`stlar bilan munosabatlarni o`rnatish, yaxshilash va munosabatlar borasida biror qabul qilish ish faoliyatiga ham o`z ta`sirini ko`rsatadi albatta. Shu sababdan aloqalarni mustahkamlash ham mahorat talab etadi. Top-menejerdek band lavozimida ishlaydigan ayollar ham ishdagi ham oiladagi munosabatlarning yaxshilanishi va mustahkamligiga e`tibor berishi kerak. Ish yuzasidan kishiga kerak bo`ladigan aloqalarni mustahkamlash uchun mahsus rejalar asosida ular bilan uchrashish, bir oz bo`lsada ular bilan suxbatlashish, hayotingdagi yangiliklardan ularni ham xabardor qilib turish lozim. Shundagina kishida “aloqadagilar ro`yxati” paydo bo`ladi.

Kishining o`zi haqidagi fikri

Inson o`zini o`zi tushuna bilishi, baholay bilishi lozim. O`zini o`zi tushunish har kungi odat, suxbatlar va faoliyatdan so`ng shakllanadi. Kishi o`zini tushunishi uchun boshqalarni o`z o`rniga qo`yib ko`rishi lozim.  Tashqaridan o`z ishingizga, atrofdagilar bilan munosabatlaringiz, odamlarga, ishchilarga qo`yayotgan talablaringizning to`g`ri yoki noto`g`ri ekanligiga baho bering.

Maqsad sari intilish

Ishingizdagi maqsadlar va shaxsiy orzularingizni birlashtirsangiz, aslida yagona maqsad manzili ko`rinadi. Tadqiqotda ishtirok etgan ayollar ichida “Maqsadga intilish” tushunchasi haqida izoh berishga cho`chigan ayollar ham bo`ldi. Chunki ular hayotiy maqsadlar va ishdagi maqsadlarni ikki guruhga bo`lib amalga oshiradigan insonlar sirasiga kirishadi. Maqsad sari intilish bu imkoniyatlar va maqsadlarni bir yo`nalishga yso`naltira bilish mahorati demakdir.

 

 

 

 

                                


 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1