1

O`zbekistonda 2019 yilda salkam 3 mlrd so`mlik import mahsuloti talabga javob bermasligi aniqlandi

Iqtisodiyot 29.09.2019, 22:27
O`zbekistonda 2019 yilda salkam 3 mlrd so`mlik import mahsuloti talabga javob bermasligi aniqlandi

O`zbekistonga belgilangan me`yor talablariga nomuvofiq, sifati kafolatlanmagan mahsulotlarning kirib kelish holatlari mavjud, deb xabar beradi «O`zstandart» agentligi matbuot xizmati.

Faqat 2017-2018 yillar davrida jismoniy va yuridik shaxslardan «O`zstandart» agentligiga 277 dan ortiq, Iste`molchilarning huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasiga esa 3 mingdan ortiq mahsulot sifati ustidan shikoyat murojaatlari kelib tushdi.

2018 yilda mahsulotlar muvofiqligini baholashda 52,5 milliard so`m miqdordagi mahsulotlarning texnik reglamentlar talablariga va import mahsulot standartlarining majburiy talablariga nomuvofiqligi aniqlangan.

Joriy yilning o`tgan davri mobaynida import mahsulotlari sinovlari jarayonida jami miqdori 2,9 milliard so`m bo`lgan 14 turdagi mahsulot bo`yicha 20 holatlarda belgilangan normalarga nomuvofiqligi aniqlangan.

Konservalangan no`xat – 320 million so`m, nok sharbati – 147 million so`m, avtomobil shinalari – 500 million so`m (barchasi XXR), palma yog`i – 692 million so`m (500 million — Qozog`iston va 192 million Malayziya), pista yog`i – 376 million so`m (Rossiya), gaz ballonlari – 148 million so`m (Armaniston) va h.k..

Butun jahon sog`liqni saqlash tashkiloti ma`lumotlariga ko`ra, har yili rivojlangan mamlakatlarning deyarli 30 foiz aholisi oziq-ovqatdan zaharlanish bilan bog`liq kasalliklardan aziyat chekadi. Shunday qilib, AQShda har yili oziq-ovqat bilan bog`liq 76 millionga yaqin kasallanish holatlari qayd etilib, ulardan 325 ming holatda shifoxonaga yotish va 5 ming holatda o`limga olib keladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1