1

Surxondaryoda sel suv ombori quriladi

Iqtisodiyot 01.10.2019, 19:44
Surxondaryoda sel suv ombori quriladi

“Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida Obizarang sel suv omborini qurish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to`g`risida hukumat qarori loyihasi tayyorlandi, deb xabar berdi sputniknews-uz.

“Bosh loyiha tashkiloti “O`zsuvloyiha” AJ tomonidan 13,15 mln. kub metr hajmdagi sel suv ombori qurilishi nazarda tutilgan “Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida Obizarang sel suv omborini qurish” loyihasining texnik-iqtisodiy hisob-kitoblari ishlab chiqilganligi ma`lumot uchun qabul qilinsin”, - deyilgan hujjatda.

Qarorga texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarining asosiy texnik-iqtisodiy ko`rsatkichlari ilova qilingan. Unga ko`ra, loyihaning umumiy qiymati 30 mln. dollardan ortiq mablag`ni tashkil qiladi. Sug`oriladigan maydon – 6,6 ming ga. Loyihani amalga oshirish muddati 2023 yil 30 aprel deb belgilangan.

Shuningdek, 10 kishidan iborat suv omboridan foydalanish xizmatini tashkil etish ko`zda tutilgan.



Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1