1

Kadastr qilish uchun order shartmi?

Savol-javob 02.10.2019, 13:03
Kadastr qilish uchun order shartmi?

— 1996 yil tug`ilganman, bolalikdan I guruh nogironiman. Onam Matbuot jamiyatida sotuvchi bo`lib ishlagani uchun 1991 yil 3 xonali uy (ko`p qavatli) berilgan. 2019 yil onam vafot etdi. Onamning vasiyati bo`yicha otam menga uyni meros qilib bermoqchi edi. Biroq orderini topolmayapmiz. Uy kadastr ham qilinmagan. Kadastrdagilar “order bo`lmasa, kadastr qilib berolmaymiz”, dedi. Uyni qanday qilib rasmiylashtirsak bo`ladi?

Tursunoy Rahimberdieva, Andijon viloyati Xo`jaobod tumani

Dilorom RIZAEVA, Davergeodezkadastr qo`mitasi Davlat kadastrlari yagona tizimi bo`limi boshlig`i:

— Uyning kadastr hujjatini rasmiylashtirish uchun uy-joyga huquq belgilovchi hujjatlar bo`lish kerak. Ya`ni, uyni xususiy mulk sifatida onangiz nomiga berilgan tuman hokimining qarori yoki davlat mulki sifatida order berilgan bo`lsa, order nusxasini arxivdan so`rov xati orqali olasiz. Xususiy mulk sifatida rasmiylashtirib berish uchun tuman hokimiga ariza bilan murojaat qilasiz. Kadastr idoralari faqatgina uy-joyga huquq belgilovchi hujjatlar bo`lgandagina kadastr hujjatini rasmiylashtirishi mumkin.

Sadoqat ALLABERGANOVA

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1