1

Yana turmushga chiqsa ham, aliment to`lanadimi?

Savol-javob 02.10.2019, 13:29
Yana turmushga chiqsa ham, aliment to`lanadimi?

— O`g`lim 3 nafar bolasiga aliment to`laydi, uch bor uy- langan. Eng katta kelinim boshqasiga turmushga chiqqan. Shunday bo`lsa ham aliment to`lashi to`g`rimi? Ikkinchi kelinimning bolasiga ham aliment to`laydi. Uchinchi kelinim bilan qonuniy ajrashmagan, 2017 yil noyabrdan beri birga yashamaydi. Lekin bolasiga aliment to`laydi. Gap shundaki, o`g`lim hech qaerda ishlamaydi. Ishga kiray desa, bo`ynida aliment to`lovi bo`lgani uchun hech qaerga ishga qabul qilmayapti. Aliment miqdorini kamaytirishning iloji bormi?

R.E. Qoraqalpog`iston Respublikasi

Mirodil MIRZABOEV, Majburiy ijro byurosi bo`lim bosh inspektori:

— Aniqlanishicha, FIB Nukus tumanla- raro sudining 2017 yil 26 maydagi ijro hujjatiga asosan qarzdor A.Eshanovdan undiruvchi I.Madaminova foydasiga bir nafar farzandi ta`minoti uchun ¼ qismi miqdorida, 2018 yil 5 noyabrdagi ijro hujjatiga asosan qarzdordan undiruvchi Sh.Matjanovaga foydasiga bir nafar farzandi ta`minoti uchun ¼ qismi miqdorida, 2019 yil 2 apreldagi ijro hujjatiga asosan qarzdordan undiruvchi S.Usmanova foydasiga bir nafar farzandi ta`minoti uchun ¼ qismi miqdorida aliment undirish belgilangani to`g`risida ijro hujjatlari MIB Xo`jayli tuman bo`limi ish yurituviga kelib tushgan. Qarz­ dordan undiruvchilarga aliment pullari har oy undirilib kelinmoqda.

Aliment miqdorini kamaytirish faqat FIB sudlari tomonidan amalga oshiriladi.

Sadoqat ALLABERGANOVA


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1