1

2015 yilda O`zbekistonda 90 foiz aholini raqamli televidenie bilan qamrab olish rejalashtirilmoqda

Hi-tech 25.12.2014, 17:58
2015 yilda O`zbekistonda 90 foiz aholini raqamli televidenie bilan qamrab olish rejalashtirilmoqda

2015 yilda O`zbekistonda barcha yirik aholi punktlari va 90 foiz aholini raqamli televidenie bilan qamrab olishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda O`zbekiston Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikasiya texnologiyalari davlat qo`mitasiga asoslanib «Infocom.uz» nashri ma`lum qildi, deb xabar bermoqda Uzbekistan Today.

O`zbekiston Respublikasida raqamli teleko`rsatuvlarga texnik va texnologik o`tish bo`yicha Davlat dasturi doirasida raqamli televizion ko`rsatuvlarni kengaytirish ikki bosqichda amalga oshiriladi: birinchisi 2015−2016 yillarda, ikkinchisi 2016−2017 yillarda. Birinchi bosqich oxirida 84 ta uzatgich o`rnatilishi rejalashtirilgan bo`lib, bu yuqoridagi ko`rsatkichga erishish imkonini beradi.

Qayd etilishicha, hozirda O`zbekiston aholisining 54 foizi raqamli televidenie bilan qamrab olingan: Toshkent shahri, shuningdek Samarqand, Xorazm, Buxoro, Andijon, Namangan, Farg`ona, Qashqadaryo, Toshkent viloyatlari va Qoraqalpog`iston Respublikasining aksariyat tumanlari aholisi bunday imkoniyatdan foydalanmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1