1

Qarzni guvohlar ko`rsatmasi bilan undirish mumkinmi?

Savol-javob 03.10.2019, 14:46
Qarzni guvohlar ko`rsatmasi bilan undirish mumkinmi?

— 2017 yil do`stim boshiga qayg`u tushib, 2 oyda qaytarish sharti bilan bir necha ming dollar miqdorda qarz olgan edi. Qarzni guvohlar ishtirokida berganman. Hozir “pulni qaytar”, desam berishdan bosh tortmoqda. Guvohlarning ko`rsatmasi bilan qarzni undirish bo`yicha sudga murojaat qilsam bo`ladimi?

Sh. Sattorov, Urgut tumani

Bekzod XUDAYBERGANOV, Fuqarolik ishlari bo`yicha Samarqand viloyat sudining sudyasi:

— Qarzni undirish haqida fuqarolik sudiga da`vo ariza bilan murojaat qilish huquqingiz bor. Amaldagi Fuqarolik kodeksiga ko`ra, qarz shartnomasining yozma shartiga rioya qilmaslik uning haqiqiy emasligiga olib kelmaydi. Biroq nizo chiqqan taqdirda guvohlarning ko`rsatmasi inobatga olinmaydi. Bunday holda taraflar yozma yoki boshqa dalillar bilan tasdiqlashga haqli.

Sadoqat ALLABERGANOVA

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1