1

Sotuvchisiz oldi-sotdi shartnomasini qanday rasmiylashtirish mumkin?

Savol-javob 03.10.2019, 14:53
Sotuvchisiz oldi-sotdi shartnomasini qanday rasmiylashtirish mumkin?

— Qo`shnimning uy­joyini sotib olgandim. Biroq qo`shnim notarial tartibda oldi­sotdi shart­ nomasini keyinroq rasmiylashtirib berishini aytib, pulni to`liq olgani haqida tilxat yozib bergan. Ammo hozir qo`shnim chet eldan qaytib kelmayapti. Notariusga borsam, sotuvchini olib kelishimni aytyapti. Endi nima qilishim kerak?

T. Usarov, Tayloq tumani

Bekzod XUDAYBERGANOV, Fuqarolik ishlari bo`yicha Samarqand viloyat sudining sudyasi:

— Amaldagi Fuqarolik kodeksi talablariga ko`ra, agar taraflardan biri notarial tasdiqlash talab qilinadigan bitimni to`la yoki qisman bajargan bo`lsa, ikkinchi taraf esa bitimni notarial rasmiylashtirishdan bosh tortsa, sud bitimni bajargan tarafning talabi bo`yicha uni haqiqiy, deb hisoblashga haqli. Shu sababli siz fuqarolik sudiga da`vo arizasi bilan murojaat qilishingiz kerak.

Sadoqat ALLABERGANOVA

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1