“Ta`mirlashdan norozimiz, kredit pulini to`lamaymiz..."

Erkin minbar 07.10.2019, 18:50
“Ta`mirlashdan norozimiz, kredit pulini  to`lamaymiz..."

“Darakchi” gazetasi tahririyatiga Andijon viloyati Shahrixon tumanida yashovchi Farog`at Sidiqovaning ushbu mazmundagi murojaati kelib tushdi. Unda keltirilicha, 2017yil ta`mirlash uchun “Mikrokredit” bankdan kredit olishgan. Mushkulni oson qilish maqsadida olingan kredit, bugun ularning bo`yniga tushov bo`lmoqda...

—Ko`p qavatli uylarda 35 yildan buyon yashayman. Sobiq shirkat rahbari, prorab va uning yordamchisi bizni aldab, ta`mirlashni chala tashlab ketishdi. Chiroq o`tkazilmagan, suv va eshik-romlar yo`q,chakka o`tadi.Bunday ta`mirlashdan norozimiz, kredit to`lamaymiz... Shu masalada yordam bersagiz iltimos, deydi murojaat egasi.

 

“Darakchi” gazetasi tahririyatiga kelgan mazkur murojaatni tegishli tashkilotlar mutaxassislari o`rganishga kirishdi. Natijalar haqida tez kunlarda xabardor qilamiz.

AZIZLAR! HUDUDINGIZDA EChIMINI KUTAYoTGAN MASALALAR E`TIBORDAN ChETDA QOLIShINI ISTAMASANGIZ, YaShASh MANZILINGIZ, ISM-FAMILIYaNGIZNI TO`LIQ YoZIB, ShAXSIY IMZONGIZ BILAN “DARAKChI” TAHRIRIYaTIGA MAKTUB YO`LLANG. MANZILIMIZ: TOShKENT ShAHRI, AMIR TEMUR ShOHKO`ChASI 53-UY. ALOQA INDEKSI: 100060.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1