1

Rektor “Mehrobdan chayon” romanini ingliz tiliga tarjima qildi

Madaniyat 07.10.2019, 23:01
Teglar: Mehrobdan chayon, tarjima
Rektor “Mehrobdan chayon” romanini ingliz tiliga tarjima qildi

Samarqand davlat chet tillari instituti rektori Ilhomjon To`xtasinov Abdlla Qodiriy tavalludining 125 yilligiga “Mehrobdan chayon” romanini  ingliz tiliga tarjima qildi. 

Bu haqda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining rasmiy telegram kanali xabar berdi.

Asar tarjimasi AQShlik mutaxassis Piter Barsum tomonidan tahrir qilindi. Tez kunlarda kitobxonlarga “Mehrobdan chayon” romani ingliz tilida taqdim qilinadi.  

I.To`xtasinov o`zbek-ingliz tarjima amaliyoti bilan shug`ullanib, shu kunga qadar Alisher Navoiy g`azallari, Abdulla Qodiriy, Pirimqul Qodirov, Odil Yoqubov, Tohir Malik romanlari hamda G`afur G`ulom qissalarini ingliz tiliga tarjima qilgan.  

Ma`lumot uchun, ayni kunlarda yurtimizda o`zbek adabiyotining XX asrdagi taniqli namoyandasi, o`zbek romanchiligining asoschisi Abdulla Qodiriy tavalludining 125 yilligi keng nishonlanmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1