AsosiyDunyo

Dunyodagi eng g`aroyib baqalar

Tabiatda biz bilgan va bilmagan, ko`rgan va ko`rmagan turli ajoyibotlar mavjud. Biz baqalarni yashil, qora, sariq ranglardagisini ko`rganmiz. Mamlakatimizda baqalarning minglab biz bilmagan turlari mavjud. Butun dunyo bo`ylab esa ularning yuz mingdan ortiq turi mavjud. Bundan tashqari har yili ularning yangi bir turi kashf etiladi. Bugun, e`tiboringizga dunyodagi mavjud g`aroyib baqalarni havola etmoqchimiz. Ularning rangi va ko`rinishi ko`zingizni quvnatishi aniq.

1. Siz ko`rib turgan ushbu baqaning nomi kamalak baqadir. U Hindistonda uchraydi.

2. Fandagi nomi Hyalinobatrachium pellucidum bo`lgan ushbu shaffof baqaning ichki organlari tamomila ko`rinib turadi. Biroq aytish lozimki, ayni damda u yo`qolib borayotgan baqalar ro`yxatiga kiritilgan.

3. Arlekin nomli ushbu baqa Kosta-Rika, Panama kabi mamlakatlarda uchraydi. Bu baqa ham yo`qolib borayotgan baqalar qatorida qizil kitobga kiritilgan.

4. Suratdagi barglar ustida uchta baqani topish bir qarashda mushkul. Biroq janubi-amerikalik baqalar aynan mana shunday qobiliyatga ega. Dushman hamlasidan omon qolish maqsadida ular barglar ustida o`tirishadi.

4. Bu dunyodagi eng kichik baqalardan biri. U janubiy Peruda yashaydi.

5. Odatda baqalar botqoqlarda uchraydi. Biroq o`ta zaharli bo`lgan Simmermana nomli bu baqa daraxtlarga ham chiqa oladi. Ushbu turdagi baqalar yorqin ranglari bilan ajralib turishadi. Aytish kerakki, kunduzgi vaqtda ularni aksariyat hollarda yorqin ranglarda uchratish mumkin. Yo`qolib ketish havfi ostida turgan ushbu baqaning zahri hayvon ovlashda ishlatiladi.

6. Goliaf nomli ushbu baqa dunyodagi eng yirik baqa sanalsa ajabmas. Og`irligi 3 kilogramm, bo`yi esa 33 santimetrgacha etadigan ushbu baqalar 15 yilgacha yashashi mumkin ekan.

7. Theloderma corticale yoki vetnam botqoq baqasining ustki qismi qoyalarda o`suvchi o`tni eslatadi. Vetnamlik, xitoylik kishilar ularni uy hayvoni sifatida uylarida saqlashadi.

8. Mantella nomli uzunligi 2,5 santimetr bo`lgan bu baqa Madagaskarda uchraydi. Odatda baqalar olovrangda bo`ladi.

9. Shoxdor baqaning uzunligi hayoti davomida 15 santimetrgacha etishi mumkin. Urugvay, Braziliya, shimoliy Argentina kabi davlatlarda uchraydi.  

10. Bajita nomi bilan mushxur bo`lgan ushbu baqaning kurinishi boshqalardan biroq farqlanadi.  Dumaloq shaklga ega bo`lgan bu baqa ichiga havo yig`ganida bundan bir necha marta kattalashib ham ketadi. Aytish kerakki, bu turdagi baqalar bir-birini eyishadi.

11. Darvin baqasining ko`rinishi ham tuxum qo`yish jarayoni ham juda antiqa. Gap shundaki, moda baqa tuxum qo`yganidan so`ng, oradan bir muddat o`tib, tuxumdagi bolalar sekin-asta qimirlay boshlaydi. Ana shunda nar baqa ularni yutib yuboradi va tomog`ining tag qismida ular tuxumdan chiqqunga qadar saqlaydi.  

12. Burundor baqaning sevimli taomlaridan biri chumoli va termitlar sanaladi. Tashqi ko`rinishi krotni eslatuvchi bu baqa asosan er tagida hayot kechiradi. Er tagini qazib in qurgach, u erda butun umr yashaydi.

13. Elenaning uchar baqasi nomli bu antiqa baqa yaqin yillar ichida kashf qilingani bois ham u haqidagi ma`lumotlar juda ham kam. Biroq u haqida shuni aytish mumkinki, u qo`llari orasidagi pardalar yordamida ucha olish hususiyatiga ega. Uzunligi 10 santimetr keladigan bu baqani kashf qilgan olim uni o`z onasi nomiga atagan.

14. Tirik tug`uvchi baqa nomli bu baqaning tuxumlari aslida uning ichidagiligidayoq yorib chiqadi. Shu sababli ham u tirik tug`uvchi baqa sifatida tanilgan. Fandagi nomi Nectophrynoides Viviparus bo`lgan baqaning homilador bo`lishi juda kam uchraydigan holat.

15. Toshbaqa baqasining fandagi nomi Myobatrachus gouldii. G`arbiy Avstraliyada uchraydi. Tanasining rangi och jigarrang, pushti aralash. Oyoq-qo`llari kalta. Uning tuxumlari Avstraliyada mavjud baqalar qo`yadigan tuxumlar orasida eng kattasi sanaladi va uzunligi 5-7 millimetrni tashkil etadi.

16. Hind yo`lbars baqasi. Hindistonda ushbu baqani ana shunay atashadi. Ushbu baqalar kattaligi o`zlari bilan bir xil bo`lgan, xatto undan katta hayvonlarni ham eya oladi.

17. Afrika qazuvchi baqasi. Afrikadagi eng katta baqa turlaridan biri hiosblanadi. Tishlari juda o`tkir. Ushbu baqa juda chuqur bo`lgan chuqurchalarni qazishda ustasi farang. Aytish lozimki, Avstraliyada bu baqalardan bir qator taomlar tayyorlanadi.

18. Centrolene ilex gekkon baqasi Janubiy Amerikada uchraydi. Uning ko`zlari gekkonning ko`zlarini eslatadi. U ham shaffof baqalar oilasiga mansub.

19. Yungdor baqaning tanasida haqiqatdan ham boshqa baqalarga xos bo`lmagan yunglar mavjud. Oldida havf sezgan baqaning yunglarni tikka turadi, qullari ostidagi tirnoqlar xuddi mushukniki singari tashqariga chiqadi. 

20. Qizilkurak zaharli baqasi xuddi "O`rgimchak odam" filmi qahramonini eslatadi. Uning zahri inson salomatligiga salbiy ta`sir qilishi, ba`zi hayvonlarni o`ldirishi mumkin. baqa organizmidagi ushbu zaharning ishlab chiqarilishi uchun u mahsus "taom"larni iste`mol qilishiga to`g`ri keladi. 

    Boshqa yangiliklar