1

Yangi yil uchun mahsus: “Sovg`a” salati

SUG'DIYONA 30.12.2014, 14:21
Yangi yil uchun mahsus: “Sovg`a” salati

Kerakli mahsulotlar: 200 gr. konservalangan seld balig`i, 2 dona qaynatilgan kartoshka, 2 dona qaynatilgan sabzi, 100 gr. pishloq, 3 dona tuxum, ta`bga ko`ra tuz, mayonez, bezak uchun ko`kat va sabzavotlar.

Tayyorlanishi: kartoshka, sabzi va tuxumni alohida idishlarda qaynatib, sovutamiz. Kartoshkani katta tishli qirg`ichdan chiqarib, laganga teramiz. Ozgina tuz sepib, mayonez surtamiz.baliqni sanchqi yordamida ezib, kartoshkaning ustidan teramiz. Uning ustidan esa qirg`ichdan chiqarilgan tuxum oqini sepamiz. So`ng yana tuz va mayonez surtamiz. Sabzini ham shu tarzda sepib ustidan qirg`ichdan chiqarilgan pishloq sepiladi. So`ng yana mayonezga murojaat qilamiz. Eng so`ngida esa tuxum sarig`ini mayda tishli qirg`ichdan chiqaramiz va barchasining ustidan sepamiz. Ushbu salatni turli ko`kat va antiqa shaklda kesilgan sabzavotlar bilan bezatish mumkin. Eslatib o`tamiz, tayyor salatni 2-3 soat davomida muzlatkichning pastki qavatida saqlab, so`ng iste`mol qilsangiz mazasi yanada singadi va ta`mi yodingizdan chiqmaydigan holatga keladi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1