1

O`zbek kinofilmi ilk bor “Oskar” mukofotining saralash ro`yxatiga kiritildi

Madaniyat 08.10.2019, 18:04
Teglar: O`zbekfilm, Oskar
O`zbek kinofilmi ilk bor “Oskar” mukofotining saralash ro`yxatiga kiritildi

“Oskar” mukofotining ”Eng yaxshi xorijiy film” toifasiga da`vogar filmlar ro`yxati ma`lum bo`ldi. Bu yo`nalishda 93 ta mamlakatdan, shu jumladan 3 ta ilk bor qatnashayotgan mamlakatlardan – O`zbekiston, Gana va Nigeriya ilk bor ariza tushgan.

Kinoakademiyaning tartib-qoidalariga ko`ra, kartina 40 daqiqalik bo`lib, AQSh hududidan tashqarida yaratilgan va qahramonlar suhbati ingliz tilida emas, boshqa tilda bo`lishi talab etiladi.  

Avval bu yo`nalish «Xorijiy tildagi eng yaxshi film» deb atalgan, ammo joriy yildan yangi nom bilan atala boshlagan.

Ma`lumot uchun: “O`zbekkino” milliy agentligi “Oskar” mukofotiga Umid Hamdamovning “Issiq non” filmini tavsiya qilgan. Mazkur kinotasma XXVIII “Kinoshok” festivalining bosh sovriniga sazovor bo`lgan.  

Filmda bosh rollardan birini ijro etgan aktrisa Feruza Saidova eng yaxshi ayol roli uchun maxsus mukofotni qo`lga kiritdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1