1

O`zbek kinorejissyori xalqaro hujjatli filmlar festivalida hakamlar hay`atiga raislik qildi

Madaniyat 09.10.2019, 16:18
O`zbek kinorejissyori xalqaro hujjatli filmlar festivalida hakamlar hay`atiga raislik qildi

Turk dunyosi kinoijodkorlari uyushmasi tashabbusi bilan o`tkaziladigan Turk dunyosi hujjatli filmlarining xalqaro kinofestivali bu yili to`rtinchi marta Istanbul shahrida o`tkazildi, deya xabar qilmoqda “O`zbekkino” matbuot xizmati. 

Ushbu nufuzli kinofestivalda turkiy tilli davlatlardan “ 9 mamlakat 9 shahar”  shiori ostida kinoijodkorlar guruhi o`zlarining hujjatli filmlari bilan qatnashishdi. Ahamiyatli jihati shundaki, mazkur nufuzli kinofestivalda taniqli o`zbek rejissyori Shuhrat Mahmudov hakamlar hay`atiga raislik qildi.

Xalqaro tanlovda dunyoning turli mamlakatlaridan hujjatli film prodyusserlari va rejissyorlari ishtirok etishdi. 

Tanlovda professional kategoriyada oliy mukofotni turkiyalik rejissyor Neyla Demirchining "Yuzma-yuz" hujjatli filmi, ikkinchi mukofotni misrlik Maryam Al Marakeshiyning "Tranzit", uchinchi o`rinni turkiyalik rejissyorning "Vatanga ketarkan..." jujjatli filmlari qo`lga kiritdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1