Shu kunning o`zida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Ashxobod shahrida Moldova Respublikasi Prezidenti Igor Dodonni qabul qildi.
Uchrashuvda mamlakatlarimiz o`rtasida uzoq muddatli ishbilarmonlik aloqalarini yo`lga qo`yish va amaliy hamkorlikni rivojlantirish muhimligi qayd etildi.
O`zaro almashinuvlarni faollashtirish hamda turli tarmoqlar uchun istiqbolli loyihalarni birgalikda ishlab chiqishga kelishib olindi.
Xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ham muhokama qilindi.