AsosiyJamiyat

"Namanganlik bo`lganim tufayli ish topa olmayapman"

'"Namanganlik bo`lganim tufayli ish topa olmayapman"'ning rasmi

— Turmushim ko`ngildagidek bo`lmagani bois bolalarim bilan ko`chada qoldik. Opam va pochcham uyidan joy berdi. Ularga og`irligim tushmasligi uchun qaerga ish qidirib borsam, namanganlik bo`lganim tufayli ish topa olmayapman. Shu borada yordam bersangiz, iltimos.

Yulduz Abdullajonova, Namangan shahri

N. YaKUBOV, Bandlik va mehnat munosabatlari vazir o`rinbosari:

— Murojaat yuzasidan Yu.Abdullajonova bilan 2019 yil 19 avgustda Yunusobod tuman Aholi bandligiga ko`maklashish markazi mas`ul xodimi X.Zufarova tomonidan suhbat olib borildi. Suhbat jarayonida fuqaro Toshkent shahar va tumanda joylashgan korxona va tashkilotlardagi mavjud bo`sh ish o`rinlari ma`lumotlari bilan tanishtirildi. Biroq fuqaro hozirgi kunda norasmiy ravishda Yunusobod tumanidagi kafeda farrosh bo`lib ishlamayotganini ma`lum qilib, taklif etilgan bo`sh ish o`rinlarni rad etdi. Shuningdek, markaz xodimlariga hech qanday e`tirozi yo`qligini ma`lum qildi.

AZIZLAR! HUDUDINGIZDA EChIMINI KUTAYoTGAN MASALALAR E`TIBORDAN ChETDA QOLIShINI ISTAMASANGIZ, YaShASh MANZILINGIZ, ISM-FAMILIYaNGIZNI TO`LIQ YoZIB, ShAXSIY IMZONGIZ BILAN “DARAKChI” TAHRIRIYaTIGA MAKTUB YO`LLANG. MANZILIMIZ: TOShKENT ShAHRI, AMIR TEMUR ShOHKO`ChASI 53-UY. ALOQA INDEKSI: 100060.

Sadoqat ALLABERGANOVA

    Boshqa yangiliklar