Korrespondent.net sayti butun dunyo bo`yicha eng chiroyli va qiziqarli bo`lgan besh osma yo`l nomini e`lon qildi.
Xitoydagi Hong Kong’s Skyrail osma yo`li orqali dunyodagi eng katta Budda haykalini ko`rish mumkin. Haykal oldiga osma yo`lning 500 metr balandlikda harakatlanadigan 12 kabinasidan birida 25 daqiqada etib borish mumkin. Yo`lning uzunligi olti kilometrni tashkil etadi. Osma yo`lda harakatlanish uchun etti dollarlik chipta xarid qilish kerak.
Xitoyning Heaven’s Gate osma yo`li 1279 metr balandlikda qurilgan bo`lib, uning uzunligi 7455 metrga tengdir. Osma yo`l yo`nalishiga mahalliy tog`lardagi eng chiroyli joylar kiritilgan.
Isroilning 257—290 metr balandlikdagi Masada osma yo`li tog` cho`qqisida joylashgan Masada qal`asini ko`rish imkonini beradi.
Braziliyaning diqqatga sazovor joyi — Iso Masih haykalini ham Rio-de-Janeyro shahridagi osma yo`l orqali tomosha qilish mumkin. Monument 700 metr balandlikdagi Korkovado tog`iga o`rnatilgan. Osma yo`l kabinalari ham taxminan shunday balandlikda, Kopakabana va Ipanema sohillari, «Marakana» stadioni va Guanabara ko`rfazi bo`ylab harakatlanadi.
Ekstremal turizm ishqibozlari Shveysariyadagi butun dunyo bo`yicha eng qo`rqinchli osma yo`llardan biri hisoblangan Sternensauser’da soatiga 90 kilometr tezlikda harakatlanishi mumkin. 75 metr balandlikdagi osma yo`lda 70 Shveysariya franki (taqriban 76,5 AQSh dollari) evaziga «sayr qilish» mumkin. Yo`lovchilar harakatni o`z vazni yordamida amalga oshiradi.