1

"O`zbekkino" Malayziya kinokompaniyasi bilan hamkorlikda Imom al-Buxoriy haqidagi teleserialni suratga oladi

Madaniyat 17.10.2019, 11:41
"O`zbekkino" Malayziya kinokompaniyasi bilan hamkorlikda  Imom al-Buxoriy haqidagi teleserialni suratga oladi

"O`zbekkino" va Malayziyaning «ILLUSION PICTURES» AQUILA EMAS SDN BHD kompaniyasi hamkorlikda Imom al-Buxoriy haqidagi teleserialni suratga oladi. Bu haqda hamkorlik memorandumi imzolandi. Tomonlar O`zbekiston va Malayziya o`rtasidagi kontent-sanoat sohasidagi foydali hamkorlikni yo`lga qo`yishni kelishib olishdi. 

"Bu Aquila Emas kompaniyasining muvaffaqiyatli rivojlanishida yana bir muhim qadam bo`ldi. "O`zbekkino" bilan hamkorligimiz haqiqatan ham o`z vaqtida yo`lga qo`yilgan hamkorlik bo`ldi, chunki Malayziya kontent-sanoati mustahkam poydevorga ega, O`zbekistonda esa uni progressiv ravishda rivojlantirish mumkin, – deb ta`kidladi Malayziya kompaniyasi boshqaruv direktori Syarizan Md Isa. – Boshqacha qilib aytganda, bu erga kelishimizning asosiy sababi tajribamizni o`rtoqlashish, umumiy qiziqishimiz uchun zarur bo`lgan manbalardan unumli foydalanishdir. Biz o`zbek provayderlari bilan ijodiy sanoatni rivojlantirishda yaqindan hamkorlik qilishni niyat qildik, bunda bizga Kuala-Lumpurda joylashgan O`zbekiston respublikasi elchixonasi katta yordam bermoqda. "Imom-al Buxoriy" teleserialining suratga olinishi Illusion Pictures va «O`zbekkino» uchun hamkorlikni yo`lga qo`yishda muhim loyihalardan biri bo`ldi".

"Mazkur loyiha jahonga nafaqat yangi O`zbekiston haqidagi film yoki serialni hadya etadi, balki o`tmishdagi buyuk tariximiz bilan tanishtiradi. Bu yangi – kinoturizm, degan yo`nalishdagi samarali qadam bo`ldi. U o`z navbatida mamlakatimiz bilan yaqindan tanishish istagida bo`lgan sayyohlarni o`ziga jalb etadi, ziyorat turizmini rivojlantiradi", dedi "O`zbekkino" milliy agentligi bosh direktori Firdavs Abduholiqov hamkorlik memorandumini imzolash tadbirida. 

Tomonlar teng huquqlilik va umumiy qiziqishlar doirasida hamkorlikning bunday shakllarini, kinoturizmni muntazam ravishda rivojlantirishga, Malayziya kinokompaniyalarining O`zbekiston respublikasi hududida filmlarni suratga olishiga, MDH ning Qozog`iston, Qirg`iziston va Tojikiston kabi davlatlarini ham hamkorlikka jalb etishga, shu bilan birga nafaqat davlat balki xususiy sektorda ham hamkorlikdagi filmlarni yaratishga kelishib olishdi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1